Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat VaytFit mobil ilovasi va vaytfit.com sayti qanday ma'lumot to'plashini, nima uchun ishlatishini va siz uni qanday boshqarishingizni tushuntiradi. Biz faqat xizmat ishlashi uchun zarur ma'lumotni so'raymiz.
1. Qanday ma'lumot to'planadi
- Hisob ma'lumotlari: ism, elektron pochta, telefon (ixtiyoriy), profil rasmi, tug'ilgan sana, jins va davlat.
- Fitnes ma'lumotlari: bo'y, vazn, maqsad vazn, tana o'lchamlari, tayyorgarlik darajasi, maqsad va shug'ullanish joyi.
- Faoliyat: bajarilgan mashg'ulotlar, setlar, takrorlar, og'irliklar, rejalar va saqlangan kontent.
- Fotolar: siz o'zingiz yuklagan "oldin va keyin" rasmlari.
- Texnik ma'lumot: qurilma modeli va platformasi, ilova versiyasi, IP manzil, sessiya identifikatori va nosozlik hisobotlari.
- Salomatlik ombori (faqat ruxsat bersangiz): qadamlar, faol kaloriya va yurilgan masofa — Health Connect yoki Apple Health dan, faqat qurilmada ko'rsatish uchun (4-bo'limga qarang).
2. Nima uchun ishlatiladi
Ma'lumot xizmatni ko'rsatish uchun ishlatiladi: mashqlarni sizning darajangiz va maqsadingizga moslash, mashg'ulot tarixi va natijalar grafigini yuritish, obunani boshqarish, bildirishnoma yuborish va nosozliklarni tuzatish. Biz ma'lumotlaringizni reklama maqsadida sotmaymiz va uchinchi tomonlarga bermaymiz.
3. Tana fotolari
Progres fotolari eng nozik ma'lumot hisoblanadi, shuning uchun ular alohida muomala qilinadi: fayllar ochiq papkada emas, faqat sizning tokeningiz bilan beriladi va ochiq ulashish sahifalariga hech qachon qo'shilmaydi. Hisob o'chirilganda fotolar diskdan ham o'chiriladi.
Ovqat fotolari (foto bilan aniqlash)
- "Foto bilan aniqlash" funksiyasidan foydalanganingizda ovqat fotosi serverimizga yuboriladi va undagi taomni aniqlash uchun sun'iy intellekt xizmatiga (Anthropic, Claude) uzatiladi. Kaloriya o'zimizning taomlar katalogimizdan hisoblanadi.
- Fotodan avval joylashuv (GPS), qurilma va vaqt haqidagi metama'lumotlar olib tashlanadi. Fotoni Anthropic o'z modellarini o'qitish uchun ishlatmaydi.
- Ovqat tanish aniqligini oshirish uchun skan fotolari va siz tasdiqlagan natija (taom nomi va miqdori) serverimizda saqlanadi. Buni istalgan payt ilovadagi Sozlamalar → "Ovqat fotolari aniqlikni oshirsin" orqali o'chirishingiz mumkin — shundan keyin yangi fotolar saqlanmaydi.
- Ovqat fotolari reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va ochiq sahifalarda ko'rsatilmaydi. Hisobingiz o'chirilganda ular ham o'chiriladi.
4. Health Connect va Apple Health
Ilovada ixtiyoriy ravishda Android'dagi Health Connect yoki iPhone'dagi Apple Health (HealthKit) ni ulashingiz mumkin. Ulash faqat sizning aniq ruxsatingiz bilan bo'ladi va uni istalgan payt ilovadagi Sozlamalar → Integratsiya bo'limida yoki telefon sozlamalarida o'chirishingiz mumkin.
- O'qiladi: qadamlar soni, faol (sarflangan) kaloriya va yurilgan masofa. Ular faqat bosh sahifadagi "Bugungi faollik" kartasida sizga ko'rsatish uchun ishlatiladi.
- Yoziladi: ilovada yakunlagan mashg'ulotingiz (nomi, boshlanish va tugash vaqti) va unda sarflangan kaloriya — shunda u boshqa salomatlik ilovalaringizda ham ko'rinadi.
- Salomatlik omboridan olingan ma'lumot faqat qurilmangizda qayta ishlanadi: u serverlarimizga yuborilmaydi va saqlanmaydi, reklama, marketing yoki profil tuzish uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va uchinchi tomonlarga berilmaydi.
- Health Connect orqali olingan ma'lumotdan foydalanish Health Connect ruxsatlari siyosatiga, jumladan cheklangan foydalanish (Limited Use) talablariga mos keladi.
5. To'lovlar
To'lovlar Payme va Click to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Karta raqamlari bizning serverimizga umuman kelmaydi — ularni to'lov provayderi qayta ishlaydi. Bizda faqat tranzaksiya summasi, sanasi va holati saqlanadi.
6. Uchinchi tomon xizmatlari
Bildirishnomalar uchun Firebase Cloud Messaging, nosozliklarni aniqlash uchun Sentry ishlatiladi. Ovqatni foto orqali aniqlash uchun Anthropic (Claude) xizmati ishlatiladi (3-bo'limga qarang). Nosozlik hisobotlariga parol, token, tana o'lchamlari yoki foto yo'llari QO'SHILMAYDI.
7. Ma'lumot qancha saqlanadi
Hisobingiz faol ekan, ma'lumot saqlanadi. Hisobni o'chirishni so'raganingizda 30 kunlik muhlat beriladi — bu vaqt ichida qayta kirsangiz hamma narsa tiklanadi. Muhlat tugagach shaxsiy ma'lumot o'chiriladi; to'lov yozuvlari buxgalteriya talabi bo'yicha anonim holda saqlanib qoladi.
8. Sizning huquqlaringiz
Siz ma'lumotlaringizni ilova ichida ko'rishingiz va tahrirlashingiz, hisobni o'chirishingiz, bildirishnomalarni o'chirib qo'yishingiz va faol qurilmalarni hisobdan chiqarishingiz mumkin. Ma'lumot nusxasini olish uchun bizga yozing.
9. Bolalar
Xizmat 16 yoshdan kichik shaxslar uchun mo'ljallanmagan. Agar bunday foydalanuvchining ma'lumoti to'planganini aniqlasak, uni o'chiramiz.
10. O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifadagi sana yangilanadi va muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz. Savollar bo'lsa yozing: support@vaytfit.com