Asosiy qismga o'tish
Imkoniyatlar

Mashq qilish uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Zalda ham, uyda ham — jihoz bor yoki yo'qligidan qat'i nazar.

6 451 ta mashq

Har bir mashq animatsiya, ishlaydigan mushaklar, jihoz va qayerda bajarish mumkinligi bilan. 130 ta kategoriya bo'yicha ajratilgan.

Sizga moslangan tartib

Ro'yxat alifbo bo'yicha emas: darajangiz, maqsadingiz, shug'ullanish joyingiz va jihozingizga qarab tartiblanadi.

Mashg'ulot rejimi

Setlar, takrorlar, og'irlik va dam olish taymeri. Yarim yo'lda to'xtasangiz — qoralama saqlanadi va qaytganingizda davom etasiz.

Rejalar va dasturlar

O'z rejangizni tuzing yoki murabbiyning tayyor dasturiga yoziling. Haftalik jadvalni o'zingiz tanlaysiz.

Natijalar tarixi

Vazn va tana o'lchamlari grafigi, maqsadgacha qolgan yo'l va bir xil rakursdagi "oldin va keyin" fotolari.

Professional murabbiylar

Tasdiqlangan murabbiylarning dasturlari, mashg'ulotlari va maqolalari. Yoqqanini kuzatib boring.

Eslatmalar

Mashg'ulot kuni esdan chiqmaydi: kunlik eslatma va yakshanba kuni haftalik hisobot.

Ma'lumotlaringiz sizniki

Tana fotolari shaxsiy saqlanadi va hech qayerda ulashilmaydi. Hisobni istalgan vaqtda ilova ichidan o'chirasiz.

Mashqlar kutubxonasi

Mashqni bir necha soniyada toping

Mushak guruhi, jihoz, daraja va shug'ullanish joyi bo'yicha filtr. Har bir mashq animatsiya bilan — qanday bajarilishini o'qib emas, ko'rib tushunasiz.

Mashqni bir necha soniyada toping
Har bir set yozib boriladi
Mashg'ulot rejimi

Har bir set yozib boriladi

Takror, og'irlik va izoh. Dam olish taymeri soat bo'yicha ishlaydi — ilova fonga o'tsa ham to'g'ri sanaydi.

Rejalar va dasturlar

Haftangiz ko'z oldingizda

Qaysi kunlari mashq qilishni o'zingiz tanlaysiz. Bajarilgan kun yashil bo'ladi, bugungisi ajratib ko'rsatiladi.

Haftangiz ko'z oldingizda
O'zgarishni raqamda ko'ring
Natijalar tarixi

O'zgarishni raqamda ko'ring

Vazn va o'lchamlar tarixi, maqsad chizig'i va foizi. Uch haftalik mehnat grafikda ko'rinib turadi.

Murabbiylar

Dasturni mutaxassis tuzadi

Tasdiqlangan murabbiylar tayyor dasturlar, mashg'ulotlar va maqolalar joylaydi. Dasturga yozilganingizda haftalik jadvalni o'zingiz tanlaysiz — kurs esa o'z tartibida davom etadi.

Dasturni mutaxassis tuzadi

Birinchi mashg'ulot bugun boshlanadi

Yuklab oling, ro'yxatdan o'ting va 7 kun bepul sinab ko'ring.

Yuklab oling Google Play Yuklab oling App Store
App Store versiyasi tayyorlanmoqda